Infocom.uz

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida “Nokia Siemens Networks” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

pic

“Nokia Siemens Networks” dunyodagi yetakchi telekommunikatsiya uskunalari va aloqa operatorlari uchun xizmat yetkazib beruvchi kompaniya hisoblanadi. Uning bosh shtab-kvartirasi Finlandiyaning Espoo shahrida bo’lib, dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida o’z faoliyatini yuritadi. Kompaniya mobil hamda belgilangan aloqa tarmog’idagi infratuzilmalar maxsulotining barcha turi va yechimlarini taqdim etadi, shuningdek, bir vaqtning o’zidagi xizmatlarga o’sib borayotgan talabni qondiradi. Uning tarkibida umumiy hisobda 20 mingga yaqin servis mutaxassislari mehnat qiladi.

Uchrashuv davomida mehmon O’zbekistondagi telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlar va ularni yanada rivojlantirish rejalari bilan tanishtirildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari bo’yicha fikr almashildi.

pic

Shu o’rinda L.Kivinen mamlakatimizda yangi telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, telekommunikatsiya bozorida biznesni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay sharoitni yuqori baholadi. O’zbekistonning deyarli barcha mobil aloqa operatorlari yangi 3G xizmatini amalga oshirayotganligi alohida ta’kidlandi. L.Kivinenning aytishicha, “Nokia Siemens Networks” kompaniyasi O’zbekistonning belgilangan va mobil aloqa operatorlarining aksariyati bilan ish olib boradi va keng turdagi telekommunikatsiya uskunalari va aloqa operatorlari yechimlari xizmatini yetkazib berishga tayyor ekanligini bildirdi.

O’zbekistonlik soha vakillari mehmonga AKT sohasidagi ta’lim jarayoni, shu jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Yosh dasturchilarni tayyorlash va ularni qo’llab-quvvatlash markazi faoliyatini tanishtirdi. Tomonlar shuningdek, “Nokia Siemens Networks” va o’zbek AT- sohasi mutaxassislari ishtirokida turli seminarlar o’tkazish rejasini muhokama qildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top