Infocom.uz

Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi

Asosiy qonunimiz o‘n yetti yildan buyon yurtimizda milliy davlatchilik, erkin va obod jamiyat qurish, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamizda belgilangan normalarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgani davlatimizning siyosiy, iqtisodiy va boshqa jabhalarda salohiyati tobora yuksalayotgani, xalqaro miqyosda keng e’tirof etilayotganida namoyon bo‘lmoqda.

uzt_7_12_2009

Kompaniya Bosh direktori Shuhrat Muhamadjanovich Sadikov, taklif qilingan lektor dotsent, iqtisodiyot fanlari nomzodi Mirsharop Pulatovich Sodiqov Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan Bosh qomusimiz umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga to‘la mos kelishi, ayni paytda milliy davlatchiligimiz tarixi, xalqimizning buguni va kelajagini yorqin ifoda etishini, barcha norma va prinsiplar zamirida inson huquq va manfaatlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam ekanini alohida ta’kidladilar.

Mamlakatimizda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi va Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekani mustahkam belgilangan. Ana shundan kelib chiqib yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sud-huquq sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar xalqimiz ma’naviyatini, turmush darajasini oshirishga, ijtimoiy adolat tamoyilining qaror topishiga xizmat qilmoqda.

uzt_7_12_2009_1

Bugungi globallashuv jarayonlari, dunyoda turli g‘oyaviy-mafkuraviy xurujlar avj olayotgani xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlod ongi va qalbiga vatanparvarlik, mustaqillik g‘oyalarini chuqur singdirishni taqozo etmoqda. Bunda mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lining huquqiy asosi bo‘lgan Asosiy qonunimizni, uning ahamiyatini keng targ‘ib qilish, ta’sirchan vositalar orqali yoshlar tafakkuriga chuqur singdirish muhim o‘rin tutadi. Zotan, yoshlar nafaqat konstitutsiyaviy huquqlarini, balki burch va mas’uliyatini ham chuqur anglashi lozim.

Yig’ilish ochiq muloqot va bahs shaklida o’tkazilib, unda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining roli va ahamiyati xususida atroflicha muhokama qilindi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top