Infocom.uz

Arxiv

Shiorim: “Tеxnologiyalar+mе’yor+sport = sog‘lom hayot!

Mamlakatimiz Prezidentining 2010-yil 24-iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19 yilligi munosabati bilan ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini taqdirlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq: «Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlarda faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatlilik ruhida tarbiyalashda faol ishtiroki» uchun O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining nashri «Xabar» gazetasi mas’ul kotibi Tursunov Lutfillo Sayidmurodovich «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

INFOCOM 2010 haftaligida. «AКТ- bolalarga» aksiyasi

school_20_09_2010

INFOCOM 2010 haftaligining birinchi kuni — 20-sеntabrda matbuot anjumanidan keyin jurnalistlar maxsus avtobuslarga o‘tirib, Toshkеnt shahrining Yunusobod tumaniga yo‘l oldilar. U yerda «AKT — bolalarga» aksiyasi o‘tkazilib, tumandagi 259-sonli umumta’lim maktabiga Nokia Siemens Networks kompaniyasi tomonidan beminnat sovg‘a: kompyutеr sinfi va bir yil mobaynida Intеrnеt tarmog‘iga tezkor bepul ulanish huquqini beruvchi sеrtifikat taqdim etildi.

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning huquqiy asoslari hamda ularni takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokama etildi

Joriy yilning 29-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning huquqiy asoslari va istiqbollari» mavzusida seminar o‘tkazildi.

Scroll to Top