Infocom.uz

Yangiliklar

Ўзбекистон Республикасида ахборот-коммуникация технологиялари, жумладан Интернет ҳолати ва ривожлантириш истиқболлари

pic

Давлатимиз раҳбарининг Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги қилган маърузасида мамлакатимиз иқтисодиётини барқарор ўсишининг таъминлаш, макроиқтисодий ва молиявий барқарорликка эришиш борасида бир қатор устувор йўналишларни ва вазифаларни белгилаб берган. Натижада 2005 йилда олиб борилган ислоҳотларнинг босқичма-босқич амалга оширилиши натижасида давлатимизнинг деярли барча сохаларида стабил иқтисодий ўсиш кузатилди.

Toshkent shahar telefon tarmog’idan yaxshi yangiliklar

pic

“O’zbektelekom” AK “Toshkent shahar telefon tarmog’i” filiali marketing va tariflar bo’limi boshlig’i. “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Toshkent shahar telefon tarmog’i” filiali (TshTT) an’anaviy telefoniya hamda ma’lumotlar uzatish shu jumladan, Internet tarmog’iga ulanish xizmatlarini ko’rsatuvchi eng yirik aloqa korxonasi hisoblanadi. Albatta, mijozlarning zamonaviy talab-ehtiyojlarini qondirish uchun poytaxt telefon tarmog’i doimiy ravishda modernizasiyalashtirilib kelmoqda. 2006 yilda TshTT mijozlarini qanday o’zgarishlar kutmoqda?

Intel kompaniyasidan yangiliklar

pic

Birinchi yangilik o’yinlar 8 noyabrda “Mariott Royyal Avrora” mehmonxonasi zalida Intel kompaniyasining “Akella” kompaniyasini rivojlantirishga mablag’lar investitsiya qilishiga bag’ishlangan matbuot konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Net Card internet – kartochkalaridan foydalanish yo’riqnomasi

1. Kartochkadan foydalanish uchun Siz kartochka logini va passwordni bilishingiz zarur.

Kartochkaning logini orqa tomonida himoya qatlami bilan yashirilgan bo’lib, X ramzlar (lotin harflari va raqamlar)idan tarkib topadi.
Password kartochkalarida ham orqa tomonida himoya qatlami bilan yashirilgan bo’lib, X ramzlar (lotin harflari va raqamlar)idan tarkib topadi

2. Kartochkaning login va passwordini yashiruvchi himoya qatlamini ehtiyotlik bilan o’chiring (masalan, tanga yoki nozik qirrali ustara bilan).

3. Sizning kompyuteringizda yangi ulanish yaratish uchun yashab turgan shahringiz nomini tering va shunga muvofiq modem puli(qurilmasi) raqamlarini kiriting.

* Net Cardda ko’rsatilgan soat miqdoriga muvofiq hajmda xizmatlar ko’rsatiladi;

* Xizmatlar uchun har oy to’lov belgilanmaydi;

* Loginga ega bo’lgan mijoz (kirish idenfikatorining nomi) va unga password (poroli) va xizmatlardan foydalanishda o’zining ulanish passwordini almashtira olmaydi.

(DIQQАT: KOMPАNIYa PАROLNING OShKOR BO’LIB QOLIShIDА HECh QАNDАY JАVOBGАRLIKNI O’Z ZIMMАSIGА OLMАYDI).

Haqi to’langan vaqti tugagani holda (Mijozning Net Sard kartochkasi nol holatiga etganda) xizmatlardan foydalanish tugatiladi va ishni davom ettirish uchun mijoz yangi kartochka sotib olishi etarlidir.

Mijozlar uchun xizmatlarning afzalliklari

* Mijozlik oylik to’lovining yo’qligi hisobiga tejamliligi;
* Pul mablag’laridan foydalanishning qulayligi (to’langan vaqtni bir necha oyga “cho’zish” imkoniyati);
* Xizmatlarni xarid qilishning qulayligi, kartochka O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida haqiqiy hisoblanadi;
* O’z haqi to’langan vaqti holatini mustaqil nazorat qilish imkoniyati;
* Net Sard xizmatidan foydalanish tugatilganidan keyin uch oy mobaynida mijozlar ma`lumotlarini saqlab turishga kafolat beradi.

Imkoniyatlari

Internetga 56Kgacha tezlikda tez va sifatli ulanish
Sizda jahon axborot zahiralariga kirish imkoniyati vujudga keladi: So’nggi yangiliklar, tijorat – axborotlari, obi-havo ma`lumotlari, yangi kompyuter dasturlari va o’yinlar, mehmonxonalarga buyurtma, aviachiptalari va boshqa ko’plab ma`lumotlar olish mumkin. Bularning hammasiga uyingizdan yoki ofisdan chiqmay turib, erishish mumkin.

Foydalanishning oddiyligi va qulayligi.
Bizga yangi mijoz bo’lishingiz uchun Sizning ofisimizga kelishingiz shart emas. Sizda faqat kompyuter, modem, telefon tarmog’i va Net Sard Internet – kartochkasi bo’lsa bas.

Shartnoma, hisob-kitoblar va mijozlik haqining yo’qligi
Internetga ulanish xizmatlaridan foydalanish uchun Siz shartnoma tuzishingiz shart emas, mijozlik to’lovlari yoki boshqa hisoblarni to’lashingiz kerak bo’lmaydi.

Savollaringiz bilan Net Sardda ko’rsatilgan telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Hurmatli muxlis!

Qo’lingizdagi bu jurnal Аxborot va kommunikatsion texnologiyalarga bag’ishlab chop etilayotgan yangi axborot – tahliliy, oylik jurnal «InfoCOM.UZ» ning birinchi sonidir.
Eng avvalo uning nomi haqida: Jurnalimizning yangi nom bilan «InfoCOM.UZ» deb atashimizga sabab, u axborot texnologiyalarini ham umumiy Informatikani ham ifoda etadi. Shuningdek, elektron pochta adresining nomi(Info@) belgisi bilan birga kelishi barchaga tanish.

Hurmatli muxlis!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aloqa va axborot – telekommunikatsion texnologiyalar majmuasi O’zbekiston Аloqa va axborotlashtirish agentligi nomidan Sizlarni axborot va kommunikatsion texnologiya (АKT)larga bag’ishlangan, АKT texnologiyalar haqidagi jurnalga bo’lgan ehtiyoj, jurnalxonlarning keng ommasiga mo’ljallangan, zamon talabi va mamlakatimiz Prezidenti I.А.Karimov tomonidan axborot kommunikatsion texnologiyalarning kelajakdagi rivojlanishi va hayotga tatbiqi bo’yicha birinchi navbatdagi davlat ahamiyatidagi masala sifatida ta`kidlangan «InfoCOM.UZ» jurnali birinchi sonining chop etilishi bilan tabriklayman.
Аynan shu sababli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 30 maydagi «… 2003 yildan boshlab axborot-kompyuter texnologiyalari sohasida jahonda va mamlakatimizdagi tendentstyalar va yutuqlarni yorituvchi, albatta, Internet nusxasi bo’lgan maxsus jurnal chiqarilishini tashkil etish» vazifalari qo’yilgan edi. Yangi «InfoCOM.UZ» jurnalini yaratish bo’yicha asosiy tashabbuskor -O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bo’ldi. Shunisi quvonarliki, bu tashabbus boshqalar, jumladan, davlat tashkilotlari va kompaniyalar tomonidan ham qo’llab-quvvatlandi. Natijada «InfoCOM.UZ» jurnalida bugungi kunga kelib, yigirmaga yaqin muassislar yirik davlat va tijorat tashkilotlari, kompaniyalari, АKT sigmentida muvaffaqiyat bilan ish yuritmoqdalar. Bu esa jurnalimiz nashri juda katta jamoat mavqeiga ega bo’ladi va u tor doirada ixtisoslashgan idora nashri bo’lib qolmaydi, deb umid qilishga imkon beradi. Yangi jurnaldan maqsad АKT texnologiyalarning ommaviylashuvi, jahonda va ayniqsa, bizning O’zbekistonda sodir bo’layotgan АKT sohasidagi ma`lumotlarni, hodisalarni hikoya qilishdir. Shuningdek, jurnal bizning mamlakatimizda АKT texnologiyalarining rivojlanishi haqidagi muammolarni muhokama qilish uchun mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining minbari bo’la oladi. Jurnal matbuot nashri, shuningdek, interaktiv Internet versiya shaklida ham e`lon qilinadi. Shu sababli ham Siz uni Internet tarmoqlaridan topib, o’qiy olasiz.
Yangi «InfoCOM.UZ» jurnalining tahririyatiga, men ham ular safida bo’lgan, tahririyat hay`ati a`zolariga Mustaqil O’zbekistonimizning gullab yashnashi, ravnaq topishi yo’lidagi IT-jurnalistika sohasidagi ishingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori

Abdulla Aripov

Yangi Yil Bilan

Hurmatli xonimlar va janoblar, IKT texnologiyasi bilan shunday va boshqacha aloqador aloqachilar va programmachilar.

Sizlarni 2003 yili yoki 1111101011 yil bilan, ikkilik sanoq sistemasida yozilgan. O’tgan 2002 yil ot yili edi, ot zebralar zotiga mansub. Ikkilik kodida qora chiziqlar “nol” bo’lib, og chiziqlar “bir” bo’lib yoziladi. Sizlarga kelgusi “qo’y” yildi (yaponlar echki yili deb ta’kidlashadi) kamroq nol chiziqlar ko’proq “bir” chiziqlar – yo’llar bo’lsin.

.

pic

YANGI YIL BILAN !

Scroll to Top