Infocom.uz

Sentabr 2009

Kompyuter o‘yinlari – sanoatning ijodiy sohalari tayanch qismi sifatida. Germaniya Federativ Respublikasi «Computer Games as a Key Part of the Creative Industries» tashrif buyuruvchilari Dasturi ishtirokchisining kundaligi

O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlariga munosabatlar turlicha ekanini tan olish kerak. Bir tomondan, aholining kompyuter o‘yinlariga ehtiyojlarini qondirish uchun butun mamlakat bo‘ylab yuzlab kompyuter klublari ikki va hatto uch smenalab ishlamoqda, boshqa tomondan, xususiy o‘yinlarni yaratish industriyasi deyarli mavjud emas. Katta yoshlilar kompyuter o‘yinlarida asosan yomon va yoshlar uchun xavfli tomonlarini ko‘radilar, o‘rta yoshlilar qarshi emaslar, ammo kompyuter o‘yinlari xususiy industriyasini yaratishni ma’qullamaydilar ham, yoshlar esa berilib o‘ynayveradilar, o‘ynayveradilar. Balki shuning uchun O‘zbekistonda e-sporti ancha yaxshi rivojlanmoqda, kompyuter o‘yinlari bo‘yicha chempionatlar 2003-yildan boshlab muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

AKT haftaligi nihoyasiga yetdi

Poytaxtimizda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi nihoyasiga yetdi. Tadbir doirasida AKT sammiti, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy seminar va konferensiyalar tashkil qilindi. “ICTExpo – 2009” axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi haftalikning yakuniy tadbiri bo‘ldi.

«VimpеlKom» o’zining «Unitel» dagi ulushini 100% gacha oshirdi

Rossiya va MDH mamlakatlarida tеlеkommunikatsiya xizmatlari ko’rsatuvchi еtakchi provaydеr hisoblanuvchi «Vimpеl-Kommunikatsii» («VimpеlKom» yoki «Kompaniya») (NYSE: VIP) Ochiq aktsiyadorlik jamiyati bugun O’zbеkiston hududida «Bilayn» savdo bеlgisi ostida aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi «Unitel» MChJ dagi 7 % lik bеvosita ulushini sotib olishga oid bitim tuzilganini e’lon qiladi.

Scroll to Top