Infocom.uz

Yanvar 2011

“Bilayn” 1 so’m evaziga “Mening musiqam” xizmatiga ulamoqda

. Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) yangi aksiya boshlanganligi haqida e’lon qiladi. 21 yanvar kuni SMS orqali maxsus taklif olgan barcha abonentlar atigi 1 so’mga 30 kunlik, “Bojalar” guruhining “Chegara” musiqasi yozilgan, “Mening musiqam” (Ring Back Tone (RBT) – kutish qo‘ng‘iroqlari o‘rniga musiqa) xizmati foydalanuvchisiga aylanishi mumkin.

“Eng yaxshi maktab sayti – 2011” ko‘rik-tanlovi

25-yanvar kuni O‘zbеkistonda “Eng yaxshi maktab sayti – 2011” ko‘rik-tanlovi boshlandi, unda O‘zbеkistonning rasmiy saytga ega maktab va gimnaziyalari qatnashadilar. Ko‘rik-tanlov tashkilotchilari: O‘zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Hewlett-Packard kompaniyasining O‘zbеkistondagi vakolatxonasi, O‘zR XTV huzuridagi Multimеdia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi va SCINET INFO SYSTEM kompaniyasi. Ko‘rik-tanlovga tashkiliy ko‘mak O‘zbеkiston ijodkor o‘qituvchilari tarmog‘i – Edunet.uz tomonidan ko‘rsatiladi.

“Bilayn”ning 3G-modemi bilan bahorgacha 2 yillik mobil Internetga ega bo’lish mumkin

“Bilayn” Yagona aloqa operatori (“Unitel” MChJ va “Buzton” QK) “USB-bonus” aktsiyaga ulanishning yangi imtiyozli shartlari haqida e’lon qiladi. “USB-modem Bilayn” xizmatiga atigi 85 000 so’m evaziga ulanib, har bir abonent 3G-modemga hamda balansida 4000 so’m bo’lgan SIM-kartasiga, shuningdek 2012 yilga qadar har oyda 50 ta bonusli Megabaytga ega bo’ladi.

Elektron hujjat aylanishi takomillashmoqda

small_411

2011-yil 21-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari Qo‘mitasi tashabbusi bilan “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik normalarini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Scroll to Top