UCG Beeline 2012 chempionati Toshkent hududiy saralash turniriga ishtirokchilarni ro‘yxatga olish jarayoni yakunlanmoqda
6-8 avgust kunlari Toshkentdagi ikkita klubda UCG Beeline 2012 chempionati doirasida Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan bo‘lgan geymerlar uchun oxirgi hududiy saralash turniri bo‘lib o‘tadi. 3 avgust kuni to‘rtta o‘yin bo‘yicha ishtirokchilarini ro‘yxatga olish yakunlanadi: Counter Strike 1.6, FIFA 2011, Dota AllStars 5×5 va NFS Most Wanted.