Infocom.uz

Yanvar 2012

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” VII milliy mukofoti

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida “Oltin qalam” VII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi.

Мusiqa ixlosmandlari uchun music.olam.uz sahifasi ishga tushdi

OLAM.uz portali 2012-yilning 18-yanvar kunidan “Musiqa” sahifasining ishga tushirilganligini e’lon qiladi. “Musiqa” OLAM.uz portalining o‘n to‘rtinchi sahifasiga aylandi, u turli didga ega musiqa ixlosmandlari uchun ajoyib to‘plamdan iborat. Sеrvis TAS-IX zonasida joylashganini va barcha kompozitsiyalar tinglash uchun ham, yuklab olish uchun ham ochiqligini alohida ta’kidlash joiz.

Beeline Business mijozlari uchun “Tarif konstruktori”ning onlayn-kalkulyatori ishga tushirildi

Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) http://b2b.beeline.uz saytida O‘zbekiston bozorida o‘xshashi bo‘lmagan noyob taklif – korporatiq mijozlar uchun “Tarif konstruktori”ning onlayn-kalkulyatorini ishga tushirdi. Endilikda o‘zingiz va kompaniyangiz uchun aniq biznesning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda xizmatllarga bo‘lgan real ehtiyojlarni hisobga oluvchi tariflarni tuzish yanada osonroq bo‘lib qoldi.

Yurt yuragidagi mo’jiza

Poytaxtimiz markazida bunyod etilgan “O’zbekiston MTRK Mediamarkazi” davlat unitar korxonasi bugungi kunda eng yuksak va sifatli texnik asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Rossiyada boshqa maqsadda qurilgan bino qayta rekonstruksiya qilish orqali suratga olish pavil’oniga moslashtirilgan. Bizning “Mediamarkaz” esa maxsus loyiha asosida qurilib, dunyoning eng rivojlangan davlatlarida ishlab chiqarilgan tele-radio uskunalari va texnikalari bilan ta’minlangan.

O‘zbеkistonda Alcatel-Lucent dirеktori Sеrj Roshе (Serge Rocher) bilan Yangi yil blits-intеrvyusi

– Alcatel-Lucentkompaniyasi uchun 2011-yil qanday muvaffaqiyatlar taqdim etdi?
– Bugungi kunda Alcatel-Lucentda asosiy uchta yo‘nalishlar: mobil va qayd etilgan kеng polosali tarmoqlarga global o‘tish; ma’lumotlar va vidеotrafik hajmlarining jadal o‘sishi; foydalanuvchilarning ko‘p funksional kontеnt va qurilmalarning tarmoqqa intеllеktual ulanishga ehtiyojlarining o‘sishi bo‘yicha rivojlanishni kuzatmoqdamiz.

Scroll to Top