“Bilayn” “Gmail SMS orqali” xizmatini ishga tushirdi
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “SMS orqali Gmail!” xizmatini yo‘lga qo‘ydi. U Google dan Gmail chatidan foydalangan holda, do‘stlarning raqamlariga bepul xabarlar jo‘natish imkonini beradi. O‘z navbatida manzillar, “Bilayn” abonentlari kabi, ushbu xabarni SMS ko‘rinishida o‘z telefonlariga bepul qabul qiladilar.