Aloqachilar faxriylarni qutlaydilar!
Umumxalq bayrami 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida, «O‘zbektelekom» AK xodimlari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashib, ularni bayram bilan qutladilar, shuningdek, ularga sovg‘alar hamda bepul xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari uchun kartochkalarni in’om etdilar.