09 xizmati – barcha ma’lumotlarga ega
Shahrimizda 09 ma’lumot-axborot xizmati mavjudligi to’g’risida xabari bo’lmagan inson bo’lmasa kerak. Ushbu xizmat o’tganning asr o’rtalaridan o’z faoliyatini boshlagan va shahar infrastrukturasining ajralmas qismiga aylangan. Yuzaga kelgan vaziyatda qanday telefon raqamini terishni bilmaganingizda shunday xizmat mavjudligi yodingizga tushadi. Kunu tun, tinib-tinchimay va bayramlarsiz xizmat ko’rsatiladi. Xizmat xodimlari bo’lgan 80 nafar telefonchi-ayol tashkilotlar, turar joy telefon raqamlari, valyutalar kurslari, ob-havo, shaharlar kodlari to’g’risida axborotlar beradilar.